Ibratli hikoyalar

Ajoyib kunlarning birida ustoz shogirdini tog‘ etagiga olib bordi. U yerda devorlari tik va baland labirint qurilgandi. Tomi bo‘lmaganidan yo‘laklarning ichiga quyosh nuri tushar, yop-yorug‘ edi.

Usta shogirdini labirintga kiritib, chiqish yo‘lini topishni buyurdi. Shogird yo‘laklar orasida butun kun va butun tun bo‘yi adashib yurdi, borgan sari boshi berk yo‘llarga kirdi. Horib-charchab, madori qolmay, yiqildi va uyquga ketdi.

Kimdir yelkasidan turtayotganini sezib, ko‘zlarini ochdi. Tepasida ustozi turardi:

– Ortimdan yur, – deb buyurdi u.

Labirintdan chiqishgach, ustoz tog‘ tomon yo‘l boshladi. Cho‘qqiga ko‘tarilgach, u dedi:

– Pastga qara!

Ular turgan joydan labirint kaftdek namoyon edi.

– Bu yerdan turib chiqish yo‘lini topish oson-a? – dedi ustoz.

– Hech bir qiyin joyi yo‘q, – dedi shogird. – Diqqat bilan qaralsa bo‘lgani.

– Qani, chiqish yo‘lini top-da, esingda saqlab qol.

Biroz vaqtdan so‘ng tog‘dan tushishdi. Shogird labirintga ishonch bilan qadam qo‘ydi va qiynalmay tezda chiqish yo‘lini topdi. Shundan so‘ng ustozi unga shunday nasihat qildi:

– Vaziyatdan qancha uzoqlashib, unga qancha tepadan qarasang, to‘g‘ri qaror qabul qilishing shunchalik oson bo‘ladi.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Ma’rifat” gazetasining 2016 yil 26 noyabr sonida chop etilgan.

Pin It

Yangi kiritilgan

To‘y muborak, ustoz!

To‘y muborak, ustoz!

2017-yil 6-yanvar 78 Yangiliklar

Qizim

Qizim

2016-yil 26-dekabr 109 Fikriy-falsafiy

Tushunish

Tushunish

2016-yil 26-dekabr 91 Fikriy-falsafiy

Pushaymon

Pushaymon

2016-yil 26-dekabr 71 Sevgi-muhabbat

Yaxshi odamlar bor...

Yaxshi odamlar bor...

2016-yil 26-dekabr 99 Fikriy-falsafiy

Minnat oshi

Minnat oshi

2016-yil 26-dekabr 86 Fikriy-falsafiy

Eng ko‘p o‘qilgan