“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining sayti ishga tushdi

4
7259
marta koʻrilgan.

Internetdan bir maqolani qidirayotib, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining uzas.uz saytiga kirib qoldim. Shu yil sentyabr oyida ish boshlabdi. Saytni koʻrib, juda xursand boʻldim. Sababi adabiy nashrlarning aksariyati oʻz veb sahifasiga ega boʻlib ulgurgan, “OʻzAS”ning esa elektron talqini yoʻq edi.

Axborot asri deya eʼtirof etilayotgan XXI asrda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanganlar yutishi aniq. Ayrimlar bosma nashrning sayti obunaga salbiy taʼsir koʻrsatadi, odamlar gazeta-jurnalni sotib olmay, tayyor internetdan oʻqib qoʻya qoladi, deb oʻyladi. Aslida, unday emas. Birinchidan, sayt nashr reklamasiga xizmat qiladi. Ikkinchidan, biror-bir veb sahifa qogʻozning oʻrnini bosolmaydi. Gazeta-jurnal yoki kitobni qoʻlda tutib, moddiyatini his etib oʻqishning zavqi boʻlak. Shu bilan birga, tezkorlik, yengillik, qulaylik borasida qogʻoz ham zamonaviy texnologiya bilan bellasha olmaydi. Har birining oʻziga xos afzalligi bor.

Barcha adabiyot va sanʼat muxlislarini yangi sayt bilan qutlayman va sayt ishiga omadlar tilayman.

 

Orif Tolib

4 Mulohaza

  1. Men ushbu gazetaga 1985-2000 yillar davomida obuna bulib xar bir soni koldimay ukib borganman. Ushbu gazetaning yukoridagi davrlarda chop etilgan kaysidir sonidan “LUTFAN” suzining manosi xakida ukigan edim. Afsuski xozir xotiram pand berib gazetani kaysi sonda ushbu makola berilganligi yodimdan kurtaribdi. Maksadim shuki, bir adabiyotshunos ustozga yukoridagi makolani ukiganim xakida gapirib bergan edim.Yana bir karra ushbu makola chop etilsa maksadga muvofik bular edi.

  2. Assalomu aleykum. Men anchadan beri she’rlar yozib turaman. Yozgan she’rlarimni shu gazetada chop ettirsam bo’ladimi? Bunini uchun nima qilishim kerak?

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.