
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unda oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qoʻshgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha bajariladigan ishlar belgilab berilgan.