
Bugun, 2016 yilning 14 dekabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi. Unda taniqli yozuvchi-shoirlar, ustoz shoirning oila aʼzolari, jurnalistlar, yosh ijodkorlar va adabiyot muxlislari ishtirok etdi.
“Onajonim – sheʼriyat” toʻgaragi doirasida tashkil etilgan ushbu kecha chinakamiga adabiyot bayrami boʻldi. Erkin Vohidovning tengdosh-maslakdoshlari, kasbdoshlari, shogirdlari u kishi bilan bogʻliq xotiralarini aytib berdilar. Buyuk shoirning komil fazilatlari haqida soʻzladilar.
“Zamonamiz Navoiysi” deya eʼtirof etilgan ustoz Erkin Vohidov chindan-da ulugʻ soʻz sanʼatkori edi. Bu teran sheʼriyat oʻquvchi-uquvchilarni mudom badiiyatga oshno etadi, yurak va aqllarni tarbiyalaydi, axloqlarni goʻzallashtiradi, soʻz latofatidan bahramand etadi.
Orif Tolib