Toʻy muborak, ustoz!

0
3575
marta koʻrilgan.

Bugun, 2017 yil 6 yanvar kuni soat 15:00 da Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Anvar Obidjon tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kecha boshlandi. Tadbirda ustoz adiblar, sanʼatkorlar, jurnalistlar va adabiyot muxlislari ishtirok etdi.

Hazil-mutoyiba, yumor Anvar Obidjon ijodining xarakterli belgilaridan biridir. Shoirning Usta Gulmat va Kulkul afandi tilidan yozgan hajviy sheʼrlari, hikoyalari oʻzbek adabiyotida katta voqea boʻlgan. Adabiy-badiiy kecha ham hazil-mutoyibaga boy boʻldi. Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Muhammad Ali, Ahmadjon Meliboyev kabi adiblarning shoir hayoti va ijodi bilan bogʻliq shingil hikoyalarini zaldagilar katta zavq-shavq bilan eshitdilar.

Shuningdek, tadbirda shoir va yozuvchilar Mahmud Toir, Minhojiddin Mirzo, Shodmon Otabek, Ismoil Mahmud, adabiyotshunos Zamira Ibrohimova, groysmeyster Hulkar Tohirjonova soʻz olib, ustoz adibni qutlugʻ yoshi bilan tabrikladilar. Oʻzbekiston xalq hofizi Mahmud Tojiboyev Anvar Obidjon soʻzi bilan aytiladigan qoʻshigʻini ijro etib, yigʻilganlarni xushnud etdi.

 

 

Orif Tolib

 

Suratlarni Rustam Nazarmat olgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.