
Taniqli shoir Faxriddin Hayit telegram tarmogʻida @faxriddinhayit sahifasini ochibdi. Undan ijodkorning sheʼrlari, tarjimalari, kundalik qaydlari, fotosurat va xotiralari oʻrin olgan. Kanal ish boshlaganiga koʻp boʻlmagan, lekin anchagina boy, aʼzolari ham koʻpayib boryapti.
Turmush tashvishlaridan biroz uzilib, tuygʻuli havolardan nafas olishni istasangiz, Faxriddin Hayitning “Sheʼriyat xiyoboni”da sayr qiling.