U ketdi… Bogʻlarim qoldi shumshayib,
Gʻunchalar tumtayib qaraydi menga.
“Ketmang”, deya oldim ayrilar chogʻi,
“Xayr!” deb boʻlmasdi hech qachon unga.
U ketdi, ketdi-yu, endi shum oʻylar
Sanchilaveradi qalbga misli oʻq.
Oʻ, endi u mening tushlarimga ham
Istasa kiradi, istamasa yoʻq.