Aʼzam Oʻktam. Koʻkdan yogʻilgan nurlar

0
1768
marta koʻrilgan.

Koʻkdan yogʻilgan nurlar,

Otamga duo denglar.

Tunga yem boʻlmagurlar,

Onamga duo denglar.

 

 

Yoʻl qarab moʻltiragan,

Har ogʻizga qaragan,

Oydin kulcha tilagan

Bolamga duo denglar.

 

Umr oʻtdi balki bekor,

Hali qandoq kunlar bor.

Bolaligim – begʻubor

Olamga duo denglar.

 

Oshiqni otdim tikka,

Tushar chikka yo pukka.

Yetkazmoqchiman koʻkka –

Nolamga duo denglar.

 

Tark etmasin qoʻlimni,

Oydin qilib yoʻlimni.

Nari quvar oʻlimni –

Qalamga duo denglar.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.