Halokat koʻlami

0
2560
marta koʻrilgan.

«U (Alloh) sizlarga faqatgina oʻlaksani, qonni, toʻngʻiz goʻshtini va Allohdan oʻzgaga atalib soʻyilgan narsalarnigina harom qildi» (Nahl, 115).

Odamni inson qilib turgan tayanch nuqtalardan biri uning or-nomusidir. Yusuf Qarzoviy tadkiqotida choʻchqa goʻshtini isteʼmol qilgan sari kishida rashk tuygʻusi yoʻqolib borishini kuzatganini yozadi1 .

Nemis tadqiqotchisi Xayz Xizish Rovfig bundan yarim asr oldin bir tajriba oʻtkazadi. Katta-katta oʻttizta idishga oq sichqonlarni solib, har xil yemishlar bilan, jumladan, baʼzi idishlardagi sichqonlarni choʻchqa goʻshti bilan boqdi. Maʼlum vaqt oʻtgach, choʻchqa goʻshti berib boqilgan oq sichqonlar bir-birini yeyishga tushdi. Bundan tashqari, koʻpi saraton kasaliga yoʻliqdi. Boshqa yemish yegan jonivorlarda na bir-birini yeyishga moyillik, na kasallikka chalinish alomati kuzatildi. Mazkur olim yana bir qancha tajribalar oʻtkazib, inson salomatligi uchun choʻchqa goʻshtining zararli ekanini isbot etdi. Unda hayot uchun xavfli trixin mikrobi va bakteriyalar borligini aniqladi.

 

Shavkatjon VALIYEV 


 

KONI  ZARAR

 

Bir necha yillardan buyon mendan choʻchqa goʻshtining zarari, aniqrogʻi, «choʻchqa nahsini» deb nomlangan zaharli moddalar haqida ilmiy-ommabop maqola yozishimni soʻrab kelardilar. Bu moʻjaz maqola kishilarga taomlardagi zaharli narsalarni yoʻqotish or­qali sogʻliqni qanday muhofaza etish yoʻllarini koʻrsatib beradi.

Choʻchqa goʻshtidan saqlanmay turib, sogʻliqni hech qachon tiklab boʻlmaydi.

Xayz Xizish ROVFIG

 

Choʻchqa goʻshti isteʼmol qiladiganlarda uchraydigan koʻp kasalliklar bu goʻshtni yemaydiganlarda sira uchramaydi. Masalan, ayollarning tanosil aʼzolaridan keladigan chiqindilarning koʻpayishi, quloqning, eski jarohatlar hamda singan joylarning yiringlashi va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday kasallikka chalingan kishilar choʻchqa goʻshtini isteʼmol qilishdan toʻla oʻzlarini tiymagunlariga qadar dori-darmon ham taʼsir qilmaydi.

 

* * *

Daryo baliqlarini boquvchi bir tanishim, agar baliqlarga maydalangan choʻchqa goʻshti berilsa, bir necha kunda barchasi qirilib bitishini aytgan edi.

* * *

Ayniqsa, yogʻi eng xatarlidir. Frankfurtlik professor Fand qon tomirlarining qotishi, qand kasalligi, qon aylanishining buzilishi kabi kasalliklarning asosiy sababini balgʻam moddasini hosil qiluvchi yogʻlardan deb biladi. Balgʻam hosil qiluvchi modda esa choʻchqada boʻladi.

 

* * *

Boshqa goʻshtlar, jumladan, qoʻy va mol goʻshtidan farqli oʻlaroq, choʻchqa goʻshti toʻqimalarida juda koʻp yogʻ bor. Buni (aniqlash uchun) bir parcha choʻchqa goʻshtini qizib turgan tovaga tashlasak, goʻshtdan dar­hol yogʻ ajrab chiqadi va uni qovuradi. Bu yogʻning kaloriyasi boshqa moddalarnikidan bir necha marta ortiq boʻlgani uchun jismda koʻp yogʻ toʻplanadi. Bu hol esa, oʻz navbatida, oʻta semirishga olib boradi.

* * *

Choʻchqa yogʻida xolesterin koʻp boʻladi. Bu modda qonda koʻpaysa, uni buzadi. Bu esa oʻz nav­batida qon bosimi oshishiga va qon tomirlarining tora­yishiga olib keladi. Bunga bosh­qa omillar ham (mas., nikotin moddasi) qoʻshilsa, yurak qopqoqchalarining toʻsilishi va yurak-qon tomirlarining torayishiga sabab boʻladi.

* * *

Birlashtiruvchi toʻqimalardagi fosforli moddalar koʻpgina dardlarga sabab boʻladi va har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Choʻchqa goʻsh­tidagi mazkur moddalar toʻqimalarda yopishqoqlikni kuchaytiradi va ulardagi yogʻ bilan birlashib, xatarga aylanadi.

Choʻchqa goʻshtini muntazam isteʼmol qiluvchilarda birlashtiruvchi toʻqimalar shishib ketadi, suv yigʻiladi. Yopishqoq moddalar paylarda, boʻgʻinlarda, kemirchak va boshqa joylarda yigʻilib qoladi hamda revmatizm (bod), boʻgʻin kasalliklari, yalligʻlanish, umurtqa pogʻonasi xastaliklari va bosh­qa dardlarga sabab boʻladi. Chunki insonning birlashtiruvchi toʻqimalari qattiq moddalardan iborat boʻlib, choʻchqa goʻshti isteʼmol qilishi tufayli u yumshaydi va qarshilik koʻrsatish qobiliyatini yoʻqotadi.

* * *

Goʻshtlarning sasishini qiyoslash uchun oʻtkazilgan tajribalar choʻchqa goʻshtida fosfor koʻpligini ravshan koʻrsatadi. Goʻsht achish (sasish) davrida fosfor ajrab, buzuq vodorod chiqadi, bu esa nihoyatda yomon hidli gazdir. Choʻchqa, mol va qoʻy goʻshtlari sinalganida qoʻy goʻshtida fosfor juda oz ekani aniqlandi. Choʻchqa goʻshti solingan idishlar mahkam berkitilgan boʻlishiga qaramay, chiqayotgan hidning sassiqligi nihoyatda kuchli boʻlganidan, ularni tajriba xonalaridan olib chiqib tashlashga toʻgʻri keldi. Mol goʻshti dastlab bir oz achidi, lekin undan choʻchqa goʻshtidan chiqqan kabi yomon hid chiqmadi. Qoʻy goʻshti boʻlsa, uch hafta davomida salgina aynidi, xolos.

 

* * *

Choʻchqaning yelka qismi yogʻini isteʼmol qilgan kasallarning yelkasida yogʻ toʻplamlari hosil boʻladi. Choʻchqaning qornidagi yogʻini koʻp yeganlarning esa qornida yogʻ toʻplanadi. Choʻchqaning sonidan koʻp isteʼmol qilganlarning dumbalari buzilib, hunuk boʻlib ketadi, bu ayniqsa, ayollarda yaqqol seziladi.

Choʻchqa goʻshtining bundan bosh­qa xatarlari ham koʻp boʻlib, ulardan baʼzilarini aytib oʻtmogʻimiz lozim. Choʻchqa goʻshtida oʻsish gormoni boʻlib, u shamollashlar va toʻqimalar shishishining asosiy omilidir. Gohida u inson jagʻi va qoʻl-oyoqlarining shishib ketishiga, shuningdek, ortiqcha semizlik va ziyoda oʻsish, xossatan, saraton kasalligiga duchor boʻlgan aʼzolarning kattalashuviga sabab boʻladi.

 

* * *

Choʻchqa goʻshti gestiyamin moddasidan kelib chiquvchi qoʻtir kasalligining ham sababchisidir, shuningdek, koʻrichak va vena (shohtomir)ning yalligʻlanishi, safro kasalligi, terining yiringlashi, qizamiq (ekzema) va boshqa kasalliklarni ham paydo qiladi.

 

* * *

Choʻchqa goʻshtidagi juda zaharli omillardan biri grippni keltirib chiqaruvchi virusdir. London shahridagi viruslarni tekshirish institutining professori Shub janoblarining tasdiqlashicha, bu virus yozni choʻchqaning oʻpkasida oʻtkazadi va choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan kolbasalarda koʻp boʻladi. Kim choʻchqa goʻshti yoki choʻchqa oʻpkasidan bir oz aralashgan kolbasani tanovul qilsa, oʻsha mashʼum virusni oʻz ichiga olib kirgan boʻladi.

Professor Letri bu virusni yaxshilab oʻrgangan. Uning aytishicha, virus inson jismida choʻchqa jismidagiga oʻxshash joyni qidiradi va oqibatda uning oʻpkasiga borib joylashadi. Qish oxirlab, jism zaiflashib, vitaminlar ozaygan paytni poylab turib, koʻpayishni boshlaydi va shu vaqtda gripp epidemiyasi tarqaydi. Bu epidemiyaning tarqalishiga kasallik yuqishidan koʻra, koʻproq choʻchqa goʻshtini tanovul qilish oqibatida jismda oʻrnashib qolgan virus sababchi boʻladi.

 

«Sharq yulduzi» jurnali,

1991 yil 3-son, 203-207-betlar

 


1  Yusuf Qarzoviy. “Islomda halol va harom”, 47-bet.

 


(“Islom nuri” gazetasining 2012 yil 15 mart sonida (№5) qayta bosilgan.)


MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.