
Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Nargiza Asadovaning “Müjde” (“Xushxabar”) nomli sheʼriy toʻplami chop etildi, deb xabar qilyapti “Dunyo” AA muxbiri.
Kitobni yosh tarjimon Emine Bakar turk tiliga oʻgirgan. Muharrir – tajribali filolog Hamza Oʻzturkchu. Toʻplamni “Asmaaltı Publications” nashriyoti chop etgan.
Ushbu muvaffaqiyat bilan muallifni qutlayman va yangi-yangi ijodiy zafarlar tilayman.