
Bilmayman, qaylardan izlarim seni,
Izlagan, topganda ne ham qilardim?!
Bir armon qiynaydi tunlari meni –
Yigʻlab janozamga kelsang, oʻlardim…
Oʻylasam, yaqinday tuyular samo,
Yoding borligʻimni yogʻduga belar.
Istamasman baxtsiz boʻlaring, ammo
Baxtli deb oʻylasam, soʻkingim kelar.