
“Movarounnahr” nashriyoti Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymonning “Sensiz yolgʻiz, gʻarib boʻldim” kitobini chop etdi. Kitobdan shoirning turli yillarda yozilgan sheʼrlari, publitsistik maqolalari va esselari kiritildi.
Toʻra Sulaymon asarlarida turgʻun, eskirmaydigan, qimmatsizlanmaydigan maʼnaviy qadriyatlar samimiy kuylanadi. Shoir mahorati yozganlarining tabiiyligida namoyon boʻladi. Uning bitiklari yurakdan chiqqani, sunʼiylik aralashmagani, samimiy boʻlgani uchun ham yuraklarga oson yetib boradi. Toʻra Sulaymon asarlari farzandlarga bobolar nazarini eslatib turgani bilan qimmatlidir. Xalq ogʻzaki ijodidagi kabi erishilishi gʻoyat qiyin boʻlgan sodda mukammalligi bois shoir yaratiqlari koʻngillardan chuqur joy oladi va ularni yashartiradi.
“Sensiz yolgʻiz, gʻarib boʻldim” kitobini “Movarounnahr” nashriyotidan sotib olishingiz mumkin.