“Yoshlik” jurnalining sayti ishga tushdi

2
3240
marta koʻrilgan.

Qadrli doʻstlar!

“Yoshlik” jurnalining yoshlikjurnali.uz sayti ishga tushdi. Unda jurnalda bosilgan badiiy asarlar, adabiy-tahliliy maqolalar, tadqiqotlar, jahon adabiyotidan tarjimalar va boshqa qiziqarli materiallar eʼlon qilinadi. Bundan tashqari yurtimiz ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida yuz bergan eng muhim yangiliklarni berib borish ham rejalashtirilmoqda.

Yoshlik – orzu-umidlar, yorugʻ tuygʻular fasli. Yillar etagimizdan tortsa-da, zangori fasldan uzoqlashgimiz, uzilgimiz kelmaydi. Zero, yoshlik hissi yuragimizga kuch, ruhimizga quvvat bagʻishlab turadi.

Yangi avlod ovozini tuyib, tuygʻularingiz, fikrlaringiz yangilanishini xohlaysizmi? Unda yoshlikjurnali.uz saytini kuzatib boring va “Yoshlik” jurnaliga obuna boʻling!

 

Obuna indeksi: 822

Bir yilda 12 ta son chop etiladi. 64 sahifa.

2016 yil uchun yillik obuna narxi (manzilga yetkazib berish xarajatini hisobga olmaganda) – 72 ming soʻm.

2 Mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.