Faxriddin Hayit. Gʻalaba

0
2162
marta koʻrilgan.

Gʻalaba nima u?

Birovning koʻksin qonatib

vayron qilmoq emas dil ayvonini.

Yo omon boshiga toshlar qulatib

parchalab tashlashmas ustuxonini.

 

Achchiq yosh qalqitib maʼyus koʻzlarda

Nozik bilaklarni qayirmoq emas.

E voh, yuragiga tekkan daydi oʻq,

onani boladan ayirmoq emas!

 

Vayron qilmoq emas koʻchalarini,

uylarini buzmoq – gʻalaba emas.

Xatarga toʻldirib kechalarini

jonlarini uzmoq – gʻalaba emas.

 

Nomardlar, nodonlar

qingʻir yoʻl bilan

Tokaygacha topgay pinhona zafar?!

Birovning bogʻini oʻzga qoʻl bilan

payhon etganlarga begona – zafar!

 

Gʻalaba –

Maydonda raqibin yiqitib soʻngra

Kiftiga oʻzbekcha qoqib qoʻymoqlik.

Ulkan zafar quchib, Oltin nishonni

Vatanning koʻksiga taqib qoʻymoqlik!

 

Yetmish tomirimda oqsin deb huzur

Soʻngra yigʻlamoqlik sevinchdan qalqib…

Senga gʻalabalar keltirgan nodir,

Gʻolib farzandlaring sharafla, Xalqim!

 

Foto: Daryo

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.