“Aks sado”mi yoki “aks-sado”?

0
789
marta koʻrilgan.

Shu birikma koʻp xato yoziladi. Toʻgʻrisi – aks sado. Nega chiziqcha bilan yozilmasligi kerak?

Oldin birikmaning maʼnosini oʻrganib olaylik:

 

1️⃣ Tovushning uzoqdagi biror narsaga, toʻsiqqa urilib, undan qaytib eshitilishi.

 

Uning ovozi nihoyat darajada yoʻgʻon edi, u togʻ-toshlar orasida gurillab, aks sadolar bilan yoyildi.

M. Ismoi­liy, Fargʻona tong otguncha.

 

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: javob sadosi, javob harakati, ishorasi yoki alomati.

 

Quruvchilar majlisida koʻtarilgan bu masala shahardagi hamma korxonalarda aks sado topdi.

A. Muxtor, Opa-singillar.

 

Aks sado qisqacha qaytariluvchi sado degani. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, bu birikma oʻrtasiga chiziqcha qoʻyilmayapti. Aks sado ham xuddi shunday. Aks soʻzi sifatlovchi oʻrnida. Aks sado qanday sado? soʻrogʻiga javob boʻladi. Bunday hollarda ikki soʻz oʻrtasiga chiziqcha qoʻyilmaydi. Odatda juft va takror soʻzlar orasi chiziqcha bilan ajratiladi. Aks sado esa juft soʻz ham, takror soʻz ham emas.

 

📌 Demak:

Aks sado

Aks-sado ❌

 

Orif Tolib

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.