Atab qoʻyilgan nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi

0
114
marta koʻrilgan.

Muassasa, tashkilot, inshoot kabilarning nomini qoʻshtirnoqqa olish-olmaslik masalasida ikkilanishlar, chalkashliklar koʻp uchraydi. Bir oʻrinda “Mir Arab” madrasasi deb yozilsa, boshqa bir joyda Mir Arab madrasasi deb yozib ketilaveradi. Aslida qay biri toʻgʻri?

Punktuatsiya qoidalariga koʻra, korxona, tashkilot, muassasa, idoralarning atab qoʻyilgan nomlari, yaʼni shartli nomlari qoʻshtirnoqqa olinadi. Masalan: “Koʻksaroy” qarorgohi, “Yoshlar” telekanali, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi.

Shartli nomi yoʻq boʻlgan tashkilotlar nomi qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Respublika teleradiomarkazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi.

❗️ Biroq tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatiladigan boʻlsa, shartli nomi boʻlmagan tashkilotlarning nomi ham qoʻshtirnoqqa olinadi:

“Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” davlat unitar korxonasi, “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi, “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi” davolash-profilaktika muassasasi, “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi.

 

📌  Demak:

 

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi” davlat unitar korxonasi ✅

“Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi”, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi davlat unitar korxonasi ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.