Baykonurmi yoki Boyqoʻngʻir?

0
187
marta koʻrilgan.

Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatidagi Boyqoʻngʻir shahri va kosmodrom nomi oʻzbekcha matnlarda ham koʻpincha ruscha varianda Baykonur deb yoziladi. Aslida toʻgʻrisi – Boyqoʻngʻir. Uning nomi qozoqcha-turkiycha, demak, uni oʻzbekcha talaffuzda yozish kerak.

Vikipediya boyqoʻngʻir soʻzining maʼnosini boy vodiy deb izohlabdi.

Boyqoʻngʻir kosmodromi dunyodagi birinchi va eng katta kosmodrom sanaladi. 1957 yil 15 mayda foydalanishga topshirilgan. Umumiy maydoni 6717 kvadrat kilometr.

Maʼlumotlarga koʻra, Rossiya Boyqoʻngʻir majmuasini 2050 yilgacha ijaraga olgan va har yili ijara haqi toʻlaydi.

 

📌 Demak:

Boyqoʻngʻir ✅

Baykonur ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.