Boʻlsa: vergul kerakmi yoki yoʻq?

0
529
marta koʻrilgan.

Qoidaga koʻra, kesimi -sa qoʻshimchali, shart maylidagi feʼl bilan ifodalangan ergash gapli qoʻshma gaplarda mazkur kesimdan keyin vergul qoʻyiladi. Jumladan, boʻlsa feʼli qatnashgan gaplarda ham:

 

Olim boʻlsang, olam seniki.

Maqol.

 

Kimning xulqi yomon boʻlsa, u oʻzini azobga giriftor qiladi.

“Fan va turmush”.

 

Biroq boʻlsa soʻzidan keyin har doim ham vergul qoʻyilavermaydi. Masalan, esa soʻziga maʼnodosh boʻlib kelganda vergul kerak emas. Izohli lugʻatga koʻra, bu holatda boʻlsa soʻzi zidlov bogʻlovchisi hisoblanadi:

 

Men kelaverdim, u boʻl­sa qoldi. 

 

Qushbegi boʻlsa negadir uzoq oʻy­lab oʻtirar, tezda gap ochmas edi.

A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

 

Haqqush boʻlsa toʻxtovsiz say­­rar, yoz shabadasida uning ovozi goh sekin, goh baral­la eshitilardi.

Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.

 

Boʻlsa soʻzi boʻlsa bordir iborasi tarkibida kelganda ham vergulsiz qoʻllanadi:

 

Kelgan boʻlsa bordir. Aytgan boʻlsa bordir.

 

Agar ibora alohida gap boʻlib kelsa, u boshqa gapdan vergul bilan ajratiladi. Lekin bunda ham boʻlsa soʻzidan keyin vergul qoʻyilmaydi:

 

Shunday boʻlsa bordir, men qayerdan bilay?

 

@oriftolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.