Jahon chempionati: bosh harf bilanmi yoki kichik?

0
458
marta koʻrilgan.

Jahon chempionati iborasini jumla ichida bosh harf bilan yozish holatlari uchrab turadi. Aslida bu birikma kichik harf bilan yozilishi kerak. Nega?

Atoqli ot boʻlmagani uchun. Agar chempionat yoki har qanday boshqa turli musobaqaga atab qoʻyilgan nom berilsa, bosh harf ishlatiladi:

 

“Mardi maydonlar” nomli musobaqada mardi maydonlar bellashdi.

Bu mardi maydonlar musobaqasi, unda mardi maydonlar bellashadi.

 

Futbol boʻyicha jahon chempionati tobora qizgʻin pallaga kiryapti.

Oʻsmirlar oʻrtasida “Futbol–2020” chempionati oʻtkazildi.

 

Futbol boʻyicha “Paxtakor–79” xotira turniri oʻtkazildi.

Futbol boʻyicha vazirlik va idoralarning turnirlari tashkil etiladi.

 

📌 Jahon chempionati iborasi milliy ensiklopediya va izohli lugʻatdagi misollarda ham kichik harflar bilan berilgan.

 

Lekin jahon chempionati qisqartma ot boʻlsa, katta harflarda yoziladi: JCH–2018, JCH–2022 kabi.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.