Kobulmi yoki Qobul?

0
341
marta koʻrilgan.

Afgʻoniston poytaxti nomini yozishda koʻp xatoliklar, xilmaxilliklar kuzatiladi. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri: Kobulmi yoki Qobul?

Kobul shakli toʻgʻri. Pushtu va dariy tillarida bu soʻz kof (ک) harfi bilan yoziladi.

Kobul soʻzining etimologiyasi haqida turli taxminlar bor. Bir taxminga koʻra, u kapul – somon koʻprik maʼnosini anglatadi. Boshqa bir versiyaga asosan, ob dar beyni gul – gul orasidagi suv, yaʼni gulzor oralab oʻtadigan daryo birikmasidan kelib chiqqan. Rus toponimchi olimi Yevgeniy Pospelov fikricha, shaharga shu nomdagi daryoning oti berilgan.

Shahar miloddan oldingi davr manbalarida Kubxa nomi bilan atalgan. Ahamoniylar paytida shahar Kabur deb nomlangan. Qadimgi Xitoy manbalarida Gaofu deb tilga olinadi va aholisi savdogarlar ekani aytiladi. Baʼzi asarlarda shahar Kofes, Kofene tarzida tilga olinadi.

Ayrim olimlar fikricha, Kamboja davlati nomi Kobul shahri nomiga borib taqaladi.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida shahar nomi Kobul shaklida berilgan. “Boburnoma”da, izohli lugʻatdagi misollarda ham ayni shu imlo qoʻllangan.

 

📌  Demak:

Kobul

Qobul ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.