Koʻngilchanmi yo koʻngilchang?

0
1007
marta koʻrilgan.

-chan qoʻshimchasi belgi-sifatni bildiruvchi soʻzlar yasaydi: koʻngilchan, oriyatchan, boʻychan, shoʻxchan, taʼsirchan, uyatchan, xayolchan, oʻychan kabi.

Maʼlum bir kiyimning bir oʻzini, boshqa kiyimlarsiz kiyganlik maʼnosidagi soʻzlarni ham yasay oladi: yaktakchan, koʻylakchan, ishtonchan, maykachan, mahsichan, sarpoychan, trusichan singari.

Yuqoridagi kabi oʻrinlarda qoʻshimchani -chang shaklida ishlatish xatodir.

 

📌 Demak,

Koʻngilchan, boʻychan, xayolchan, koʻylakchan, ishtonchan ✅

Koʻngilchang, boʻychang, xayolchang, koʻylakchang, ishtonchang ✅

 

❗️ Ammo -cha va -ng alohida qoʻshimcha boʻlganda va ular boshqa maʼnoni ifodalaganda bu shaklda ishlatish mumkin:

 

Koʻngilchang buncha nozik boʻlmasa!

Koʻylakchang juda yarashibdi, qizim.

 

Tepadagi jumlalarda -cha kichraytirish, -ng esa ikkinchi shaxs egalik qoʻshimchasidir.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.