Mavzu nomlari qanday yoziladi?

0
542
marta koʻrilgan.

Mavzu nomini yozishda xilmaxilliklar, chalkashliklar uchrab turadi. Baʼzida bir oʻqituvchi qoʻllagan imloni boshqa oʻqituvchi ishlatmaydi. Natijada oʻquvchilarda ikkilanishlar paydo boʻladi.

Xoʻsh, mavzu nomini qanday yozish toʻgʻri?

Agar abzats mavzu soʻzi bilan boshlansa, undan keyin ikki nuqta qoʻyiladi va nom bosh harf bilan qoʻshtirnoq ichida yoziladi:

 

Mavzu: “Oʻsimliklarning xilmaxilligi”

 

Mavzu nomlari koʻpincha darak gap shaklida boʻladi. Darak gaplar oxiridagi nuqta mavzu nomida tushirib qoldiriladi. Mabodo nom soʻroq yoki undov gap shaklida boʻlsa, tegishli belgi qoʻshtirnoq ichiga qoʻyiladi:

 

Mavzu: “Oʻsimliklar oʻsishi uchun nimalar zarur?”

 

❗️ Agar mavzu nomida mavzu soʻzi ishlatilmasa, nom qoʻshtirnoqsiz yoziladi. Bunda ham darak gaplarda nuqta ishlatilmaydi:

 

Oʻsimliklarning xilmaxilligi

Oʻsimliklar oʻsishi uchun nimalar zarur?

 

👉 Mabodo nom birdan ortiq darak gapdan yoki alohida birikmalardan iborat boʻlsa, oxirgi jumlaga nuqta qoʻyilmaydi, xolos:

 

Mavzu: “Issiqlik va yorugʻlik. Issiqlik va yorugʻlik manbalarini farqlash”

Issiqlik va yorugʻlik. Issiqlik va yorugʻlik manbalarini farqlash

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.