Nahot(ki): vergul kerak emas

0
859
marta koʻrilgan.

Nahot va nahotki soʻzlari bilan ham vergul koʻpincha yanglish ishlatiladi. Aslida bu ikki soʻz vergul talab qilmaydi.

Nahot(ki) soʻroq, taaj­jub, shubha maʼnolarini bildiradi:

 

Nahot oʻgʻlim­ga oʻshandoq qattiqlikni ravo koʻrsam!

A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

 

Nahotki yetuklikning tim­soli yoʻq bus-butun?

A. Oripov, Yurtim sha­moli.

 

📌 Demak,

Nahot shuni tushunmasang? Nahotki aytmagan boʻlsa? ✅

Nahot, shuni tushunmasang? Nahotki, aytmagan boʻlsa? ❌  

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.