Palapon va polapon

0
177
marta koʻrilgan.

Bu soʻz baʼzi lugʻatlarda palapon, baʼzilarida esa polapon shaklida berilgan. Izohli lugʻat esa har ikki shaklni keltirgan.

 

Palapon soʻzlashuv tilida qoʻllanadi. U toʻrt xil maʼnoga ega:

 

1️⃣ Parrandalarning ha­li pat va qanot chiqarmagan yoki endigi­na chiqara boshlagan bolasi; jish.

 

Tom boʻgʻotiga uya qurgan chum­chuqlar bot-bot palaponlarini uchirma qi­lishardi.

N. Qobil, Unutilgan sohillar.

 

2️⃣ Goʻdak bolalarni, yoshlarni erkalatib aytiladigan soʻz.

 

Yoʻling ochiq boʻlar, boʻlsang sen ochiq qoʻl,

Omin endi, palaponim, senga oq yoʻl.

Y. Eshbek, Sogʻinib yashayman.

 

3️⃣ Koʻchma maʼnoda, betakalluf hazil sifatida: hech narsa bil­maydigan, tajribasiz.

 

Oʻrta maktabdan yaqin­­­­­­­da uchirma boʻlgan, lekin hali chinakam turmush nimaligini bilmaydigan bu pala­ponlarga nima desin?

S. Anorboyev, Oqsoy.

 

4️⃣ Besoʻnaqay, katta; salmoqlanib, la­pang­­­lab yuradigan.

 

Palapon tovuq.

 

Polapon soʻzi palaponning variantdoshidir:

 

Fil yoʻlda bo­ra turib, toʻrgʻayning uyini bosib, polapon­larini yanchib tashlabdi.

X. Toʻxtaboyev, Yil­lar va yoʻllar.

 

Qani, polapon­larim, darrov turib, yuzlaring­ni yuvinglar-chi? Keyin togʻangnikiga bora­miz.

Gazetadan.

 

📌 Demak:

Palapon, polapon ✅

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.