Paygʻambarmi yoki paygʻambar?

0
529
marta koʻrilgan.

Paygʻambar soʻzi bosh harf bilan yoziladimi yoki kichik harf bilan? Bu xuddi Islom soʻzini bosh harf bilan yozishga oʻxshab ketadi.

 

  1. Imlo qoidalariga koʻra, bu soʻz kichik harf bilan yoziladi: paygʻambarlar tarixi, Iso paygʻambar, paygʻambar yubordi, paygʻambar boʻldi.

 

  1. Agar bu soʻz Paygʻambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi va sallamni ifoda etsa, u zotga hurmatan bosh harfda yozish kerak. Barcha islomiy nashrlarda ana shu qoidaga amal qilinadi. Bunda paygʻambar soʻzi yolgʻiz oʻzi ham, ism bilan birga ham kelishi mumkin: Paygʻambarimiz, Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom.

Lekin Allohning paygʻambari birikmasida kichik harf bilan yozish toʻgʻri. Chunki bu oʻrinda paygʻambar soʻzi ism oʻrnida qoʻllanmayapti.

 

Paygʻambar soʻzining maʼnodoshlari – nabiy, rasul soʻzlarini ham yuqoridagi qoidalarga koʻra yozish mumkin. Lekin Rasululloh soʻzini bosh harf bilan yozish kerak. Chunki bunda musulmonlar Muhammad sollallohu alayhi va sallamni nazarda tutadilar.

 

Muhammad alayhissalom nazarda tutilmagan oʻrinlarda paygʻambar, nabiy va rasul soʻzlarini diniy matnlarda ham kichik harf bilan yozish kerak.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.