Qani: vergul kerakmi yoki yoʻq?

0
861
marta koʻrilgan.

Qani soʻzidan keyin bir holatda – soʻz eʼtiborni jalb etish, undash, daʼvat maʼnolarini bildirganda vergul ishlatiladi:

 

Qani, bek otasi, koʻr­mana­­ni bering-chi!

A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

 

Soʻroq olmoshi boʻlib kelganda yoki istak-xohish maʼnosiga alohida taʼ­kid, urgʻu berganda vergul kerak emas:

 

Yarim dunyoni egallagan shohu sultonlar qani?

Qani boya aytgan kitobing?

 

Qani bir issiqqina choy boʻlsa…

 

Izohli lugʻatda istak-xohishni taʼkidlovchi qani endi iborasidan keyin vergul ishlatilibdi. Bu soʻzning qaniydi shaklidagi maʼnodoshi ham bor, u koʻproq soʻzlashuv uslubiga tegishli. Ikkala ibora ham xohish maʼnosiga urgʻu beruvchi qani soʻzi bilan aynan bir xil maʼnoda qoʻllanadi. Shu sababli vergul qoʻyish kerak emas:

 

Qani endi bir issiqqina choy boʻlsa…

Qaniydi bir issiqqina choy boʻlsa…

 

📌 Demak,

 

Qani oshga qarang. ❌

Qani, oshga qarang. ✅

 

Qani, yangi sotib olgan noutbuking? ❌

Qani yangi sotib olgan noutbuking? ✅

 

Qani, holatingni birov tushunsa… ❌

Qani holatingni birov tushunsa… ✅

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.