Qaytaga va qaytanga

0
738
marta koʻrilgan.

Qaytaga soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

 

1️⃣ Aksincha, bilʼaks.

 

Onaxon bu gapga parvosiz qaradi, qaytaga chehrasi ochildi.

A. Muxtor, Opa-singillar.

 

Sizdan hech ginam yoʻq. Qaytaga boshogʻriqdan qutuldim.

S. Nurov, Narvon.

 

2️⃣ Yaxshisi, undan koʻra.

 

Bizniki mana shu burchakdagi eshik… Qaytaga bukun biznikida qolsangiz boʻlmasmi-a?

A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

 

Qaytaga soʻzi soʻzlashuv tilida qaytanga shaklida ham ishlatiladi. Bu shakl lugʻatlarga kiritilgan. Demak, bu shaklda qoʻllash toʻgʻri:

 

Janjal kamaymadi. Qaytanga koʻpaydi.

Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri.

 

Baʼzan qaytaga soʻzi oʻrnida qayta soʻzi ham ishlatilishi mumkin:

 

Lekin yomgʻir va shamol boʻlgani qayta yaxshi boʻldi.

P. Tursun, Oʻqituvchi.

 

Gapiring, izza qiling. Bolalar maktabda oʻqib, qayta bevosh boʻlib ketyapti.

A. Qahhor, Asarlar.

 

📌 Demak,

Qaytaga, qaytanga

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.