Qisqartma soʻzlar: qoʻshimchalar qoʻshib yoziladimi yo ajratib?

0
860
marta koʻrilgan.

Tilimizda rus va boshqa Yevropa tillari taʼsirida qisqartma soʻzlar paydo boʻlgan. Ularning imlosida baʼzan ikkilanishlar boʻlib turadi. Qoidalarni bilib olish esa bunga barham beradi.

Imlo qoidalariga koʻra, qisqartmalarning barcha turlari va ularga qoʻshiladigan qoʻshimchalar qoʻshib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi.

Yaʼni:

Sam DU, Far DU, Oʻz MU deb ajratib yozish xato.

Qisqartmaga birikadigan qoʻshimcha ham qoʻshib yoziladi: SamDUda, FarDUga, OʻzMUdan.

 

❗️ Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: OʻzXDP MK – Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi. Bu yerda OʻzXDP alohida, MK alohida qisqartma.

 

📌  Demak:

AQSHda, BMTning, OAVdan, YUNISEFni, BuxDUga ✅

AQSH da, BMT ning, OAV dan, YUNISEF ni, BuxDU ga, Bux DUga, Bux DU ga ❌

 

@oriftolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.