Qozogʻiston

0
913
marta koʻrilgan.

Yon qoʻshnimiz Qozogʻiston nomini yozishda baʼzan xato qilib turamiz. Chunki millat nomi – qozoq, davlatning nomi asliyatda, yaʼni qozoq tilida Qazaqstan, lekin oʻzbekchada talaffuz varianti qabul qilingan – Qozogʻiston.

Lekin Qozoqmozortepa, Qozoqtov kabi joy nomlarida qozoq soʻzida tovush oʻzgarishi boʻlmaydi. Chunki q tovushidan keyin undosh tovush kelyapti. Q tovushining fonetik oʻzgarishlarga uchrashi asosan unli tovushlar qoʻshilganda yuz beradi. Lekin har doim ham emas. Masalan, qozoqlarda boʻladigan, qozoqcha maʼnosidagi qozoqi soʻzida shunday: qozoqi ki­giz, qozoqi chakmon, qozoqi qoramol zoti.

Ammo egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda tovush oʻzgarishi yuz beradi:

 

Qozoim – qardoshim, jon doʻstim mening.

 

📌  Demak,

Qozogʻiston, Qozoqtov, qozoqi kigiz, qozogʻim, qozoq yurti ✅

Qozoqiston, Qozogʻtov, qozogʻi kigiz, qozoqim, qozogʻ yurti ❌

 

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.