Shubhasiz: vergul kerakmi yoki yoʻq?

0
92
marta koʻrilgan.

Shubhasiz soʻzi bilan vergul ishlatishda koʻp xato qilinadi. Xoʻsh, oʻzi vergul kerakmi yoki yoʻq?

 

Agar shubhasiz modal soʻz boʻlib kelsa va kirish soʻz vazifasini bajarsa, vergul kerak. Bunda u muqarrar ravishda, albatta, soʻz­­­siz kabi maʼnolarni anglatadi:

 

Shubhasiz, u haq.

 

Men birinchi navbatda tar­biyani ulardan [ota-onamdan] olganman va ularning xislat va xususiyatlari, shubha­siz, menga taʼsir qilgan.

S. Ayniy,  Esdaliklar.

 

Shubhasiz hech qanday shubha tugʻ­dir­maydigan; aniq degan maʼnoni anglatsa, vergul kerak emas:

 

Dangasalik qilgan odam yutqazishi shubhasiz. ➡️ Dangasalik qilgan odam yutqazishi aniq.

 

@oriftolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.