Raqam va -ta: qoʻshib yoziladimi yoki ajratib?

0
848
marta koʻrilgan.

Raqamlarga soʻz va qoʻshimchalar qoʻshib yozilmaydi. Ammo ayrim mualliflar –ta qoʻshimchasini songa qoʻshib yozyapti ekan. Shu haqida fikrimni soʻrashgan edi. Takror boʻlsa-da, bu boradagi baʼzi mulohazalarimni aytib oʻtsam.

Menimcha, raqamlarga –ta qoʻshimchasini biriktirib yozayotganlarning asosi shunday: son soʻz koʻrinishida berilganda qoʻshimchalar soʻz tarkibida boʻladi. Demak, raqam sifatida yozilganda ham qoʻshib yozish kerak. Lekin bu qarash – xato. Nega?

 

  1. Har qanday imlo qoidasidan maqsad nutqni aniq, tushunarli ifodalash. 15ta, 20ta, 30ta koʻrinishidan koʻra 15 ta, 20 ta, 30 ta shakli oson tushuniladi.

 

  1. Imlo qoidalarida raqamga qoʻshimchani qoʻshib yozish haqida hech bir qoida yoʻq. Toʻgʻri, ajratib yozish haqida ham hech narsa aytilmagan. Lekin imlo qoidalari ichida -ta qoʻshimchasi qatnashgan misol bor. Unda qoʻshimcha raqamdan ajratib yozilgan. Menimcha, bu ham dalil boʻla oladi.

 

📌 Demak,

Oʻnta, oʻn beshta, yigirmata, yuzta, mingta, millionta ✅

10 ta, 15 ta, 20 ta, 100 ta, 1 000 ta, 1 000 000 ta ✅

10ta, 15ta, 20ta, 100ta, 1 000ta, 1 000 000ta, 1000ta, 1000000ta ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.