Toʻgʻrilamoq

0
150
marta koʻrilgan.

Izohli lugʻatga koʻra, bu soʻz oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda ishlatiladi:

 

1️⃣ Toʻgʻri shaklga yoki holga keltirmoq, toʻgʻri, adil, tik qilmoq.

 

Daryo oʻzanini toʻgʻrilamoq. Egilgan oʻqni toʻgʻrilamoq.

 

– Dardingizga davo men-da! – u qaddini toʻgʻrilab… yana jilmaydi.

Oybek, Tanlangan asarlar.

 

2️⃣ Xato, nuqson va shu kabilarni yoʻqotmoq, tuzatmoq.

 

Imlo xatolarini toʻgʻrilamoq. Talaffuzni toʻgʻrilamoq. Soatni toʻgʻrilamoq.

 

Gulnor aytganiga pushaymon qildi, xatosini toʻgʻrilash uchun soʻzlamoqqa majbur boʻldi.

Oybek, Tanlangan asarlar.

 

3️⃣ Tegishli vaziyatga keltirmoq, tartibga solmoq, tuzatmoq.

 

Yoqangni toʻgʻrilab ol. Sochingni toʻgʻrilasang-chi, toʻzib ketibdi-ku.

 

4️⃣ Biror tomonga qaratmoq, roʻpara qilmoq; yoʻnaltirmoq.

 

Projektorlarni samolyotga toʻgʻrilamoq.

 

Chol u yoq-bu yoq surib… oʻrtadagi xodani xayol qilingan ip yoʻliga toʻgʻrilab qoʻydi.

M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.

 

5️⃣ Soʻzlashuv tilida: epini, ilojini qilib bitirmoq, yuzaga keltirmoq, muhayyo qilmoq; eplashtirmoq.

 

Mushkul ishni toʻgʻrilamoq. Bu haqda tashvish qilmang, oʻzimiz toʻgʻrilaymiz.

 

Hozir sekretarning oldiga tushgin, u hammasini toʻgʻrilab beradi.

Oydin, Uyaldi shekilli, yerga qaradi.

 

Toʻgʻrilamoq soʻzi va uning shakllarini yozishda koʻp xato qilinadi. Buning sababi, menimcha, toʻgʻrilamoq soʻzining oʻgʻirlamoq soʻziga ohangdoshligi. Shunga qiyosan toʻgʻirlamoq shaklida yanglish yoziladi. Bu xatodan qutulishning usuli – soʻzni yodda saqlab qolish va yozayotgan payt toʻgʻri soʻzini xayolga keltirishdir.

 

📌  Demak:

Toʻgʻrilamoq, toʻgʻriladi, toʻgʻrilangan ✅

Toʻgʻirlamoq, toʻgʻirladi, toʻgʻirlangan ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.