-u, -yu va chiziqcha

0
188
marta koʻrilgan.

Bu qoʻshimchalar bogʻlovchi ham, yuklama ham boʻlib kela oladi.

 

Bogʻlovchi boʻlib kelganda va, hamda, bilan soʻzlariga maʼnodosh boʻladi. Bunday paytlarda kiril imlosida soʻzga qoʻshib yoziladi:

Senu men, Farhodu Shirin, yaxshiyu yomon, kattayu kichik, kunu tun.

 

Lekin lotin imlosida undan oldin chiziqcha qoʻyish kerak:

Sen-u men, Farhod-u Shirin, yaxshi-yu yomon, katta-yu kichik, kun-u tun.

 

👉 Yuklama boʻlib kelganda esa, kirilda ham, lotinda ham chiziqcha bilan yoziladi:

 

Havo biroz salqinladi-yu, lekin hali ham issiq.

Havo biroz salqinladi-yu, lekin hali ham issiq.

 

Aytay dedim-u, aytmadim.

Aytay dedim-u, aytmadim.

 

❗️ Baʼzi kitoblar yuqoridagi jumlalarda kelgan -u, -yu yordamchilarini zidlov bogʻlovchisi oʻrnida qoʻllangan deb hisoblagan va chiziqcha qoʻymaslik kerakligini aytgan. Ayrim qoʻllanmalar esa chiziqcha ishlatgan va uni yuklama deb bergan.

Men u nima deb atalishidan qatʼi nazar, chiziqcha ishlatish tarafdoriman. Shunda uni teng bogʻlovchi oʻrnida kelgan holatidan farqlash mumkin. Bu maʼnoni farqlashga ham xizmat qiladi.

 

Shuni oldinroq aytsang boʻlardi-yu!

Shuni oldinroq aytsang boʻlardi-yu!

 

Senga tushuntirdim-u.

Senga tushuntirdim-u.

 

Yuqoridagi ikki misolda -u, -yu yuklamasini -ku yuklamasi bilan almashtirish ham mumkin.

 

📌  Demak:

 

Senu men, togʻu tosh, keksayu yosh, oyu kun ✅

Sen-u men, togʻ-u tosh, keksa-yu yosh, oy-u kun ✅

Sen-u men, togʻ-u tosh, senu men, togʻu tosh ❌

 

Oʻqidi-yu, tushunmadi. Necha martalab aytdim-u! ✅

Oʻqidi-yu, tushunmadi. Necha martalab aytdim-u! ✅

Oʻqidiyu, tushunmadi. Necha martalab aytdimu!❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.