Zora: vergul kerakmi yoki yoʻq?

0
566
marta koʻrilgan.

Zora yuklamasi qani endi, koshki edi maʼnolarini anglatadi. U oʻzidan keyin ham, oldin ham vergul talab qilmaydi:

 

Zora amirzodalar yarashishsa, juda maʼqul ish boʻlardi-da.

Mirmuhsin, Meʼmor.

 

Kel, jigarim, tezroq kel. Zora biron xushxabar keltirgan boʻlsang, – dedi Oynagul Farhodga.

A. Hakimov, Ilon izidan.

 

Zora soʻzi qoʻshma gaplar yoki kirish gaplar tarkibida kelganida undan oldin vergul qoʻyilishi mumkin. Lekin bu holatda vergul ushbu yuklama sababli emas, ikki sodda gapni yoki kirish gapni ajratish uchun qoʻyiladi:

 

Piyoda yuray, zora dilim yozilsa, degan oʻy bilan yoʻlka boʻylab sekin odimladi.

M. Xayrullayev.

 

Bu yuklamaning zora-mora va zoraki shakllari ham uchraydi. Har ikki shakl ham vergul talab qilmaydi:

 

Akamdan darak soʻrayin, zora-mora biron darak topsam.

N. Safarov, Tanlangan asarlar.

 

Mening yoʻqlab kelganimni koʻrsa, dalda boʻladigan biron soʻz ayt­sam, zoraki darmon boʻlsa, deb kutdim.

A. Qahhor, Ming bir jon.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.