Tanqidiy fikrlashga koʻmaklashuvchi savollar

0
250
marta koʻrilgan.

Khan Academy Oʻzbek blogida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga oid qiziq bir maqola oʻqib qoldim. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi 100 ta savol, ikki qismli, birinchisi bu yerda, davomi esa manavi yerda.

Tanqidiy fikrlash har qanday soha va yoʻnalish taraqqiyotining asosi. Hatto tovuqkatak qurayotganda ham oʻziga “Nima uchun?”, “Qanday qilib?” va “Agar… boʻlsa, unda…” kabi savollarni bergan odamning ishi boshqalarnikidan pishiqroq chiqadi, qulaylik va yangiliklarga ega boʻladi. Bugungacha qilingan kashfiyot va ixtirolar, betakror ijod namunali zamirida ana shunday izlanishlar, yangilikka intilish istagi yotadi.

Maqolada berilgan baʼzi savollar oddiyroq koʻrinishi mumkin, lekin javobi hamisha ham oddiy va joʻn emas. Fikrlab, variantlar topish mumkin.

Yoʻnalishi yaqinroq boʻlgani uchun ingliz tiliga oid tanqidiy fikrlash savollarini keltiraman. Qiziqsangiz, qolganlarini blogdan oʻqib olasiz:

 

  1. Sizningcha, nega insonlar va millatlar oʻz tajribalari va koʻrgan-kechirganlari haqida hikoya qilishni yaxshi koʻradi?
  2. Asarlarni qanday xususiyatlariga koʻra “yaxshi” va “yomon”ga ajratasiz?
  3. Qanday qilib oʻz soʻzlashuv uslubingizni yaratasiz? Uni boshqa biror kishiga qanday qilib oʻrgatgan boʻlardingiz?
  4. Siz ____________ (biror soʻz yoki tushuncha) ni ilgari eshitmagan odamga qanday taʼriflab berasiz?
  5. Yagona global tilga ega boʻlish bir nechta tilda soʻzlashishdan koʻra afzalmi? Nega?
  6. Boshqalarning oʻrganishi va tushunishini osonlashtirish uchun oʻz ona tilingizni qanday rivojlantirgan boʻlardingiz?
  7. Agar vafot etgan yoki hozirda hayot boʻlgan biror yozuvchidan maslahat olish imkoniyatingiz boʻlsa, kimni tanlar edingiz? Undan nimani soʻragan boʻlardingiz?
  8. Biz uchun muhim boʻlmagan biror aloqa shakli bor, deb hisoblaysizmi? U qaysi? Nega u nisbatan keraksizroq, deb oʻylaysiz?

 

Xoʻsh, siz oʻz bilim-koʻnikmalaringizni yoki sohangizni rivojlantirish uchun qanday tanqidiy savollar qoʻyasiz? Bunday savollar amalda foyda berganmi? Fikringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.