“Asfalasofilinga ketdi”: asfalasofilin nima?

0
910
marta koʻrilgan.

Tilimizdagi baʼzi iboralarning umumiy mazmunini bilamiz, lekin tarkibidagi soʻzlarning lugʻaviy maʼnosini har doim ham aniq-tiniq tushunmaymiz.

Asfalasofilin boʻlmoq yoki asfalasofilinga ketmoq iboralari shunday iboralardan.

Asfalasofilin arabchadan kirgan, asliyatda tubanlarning tubani, eng yaramas, eng tuban maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida alohida holda doʻzaxning eng tagi, jahannam maʼnosida qoʻllanadi. Iboralar ichida esa maʼno oʻzgarishlarga uchraydi.

 

Asfalasofilin boʻlmoq yoki asfa­laso­filin­ga ketmoq:

  1. Chuqurlikka, jar­likka tushib ketmoq.
  2. Koʻchma maʼnoda: halok boʻl­moq, halokatga uchramoq.

 

Nikolay podsho yiqilibdi, asfa­lasofilinga ketibdi.

M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari.

 

Hakim akamlar vaʼdaning ustidan chiqmasalar, hammamizning asfalasofilin boʻlishimiz hech gap emas-a?

B. Rahmonov, Xoʻjayin koʻchdi.

 

Asfalasofilin soʻzlashuv tilida aspalasofin shaklida ham ishlatiladi.

 

Orif Tolib

 

📖 “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” asosida tayyorlandi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.