Bayram muborak: “muborak” nima?

0
235
marta koʻrilgan.

Bayramlar, xushxabarlar, muvaffaqiyatlar bilan qutlash uchun muborak soʻzini ishlatamiz. Arabchadan olingan bu soʻz baraka, tabarruk soʻzlari bilan oʻzakdosh. Asliyatda Xudo marhamat qilgan; xayrli; baxtli maʼnolarini anglatadi. Oʻzbekchada toʻrt xil maʼnoda ishlatiladi:

 

1️⃣ Baxt keltiruvchi; xayrli, ezgu, qutlugʻ.

 

– Koʻray-chi, qadamim muborak boʻlarmikin, – deb qoʻydi.

A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

 

2️⃣ Tabarruk, muqaddas, aziz.

 

Bektemirxaltachani, goʻyo muborak joydan kelgan aziz doʻstining sovgʻa-salomi kabi, hayajon bilan ochdi.

Oybek, Quyosh qoraymas.

 

3️⃣ Tabriklash, qutlash iborasi.

 

Sarupolar muborak. Oʻgʻil muborak. Bayram muborak.

 

4️⃣ Asosan xotin-qizlar va baʼzan erkaklar ismi.

 

Bir oz oʻtgach, xonaga Muborakxon kirib keldi.

 

@oriftolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.