“Bir baxya qoldi”: baxya nima?

0
846
marta koʻrilgan.

Koʻpchilik bu soʻzni bahiya yoki bahya tarzida xato yozadi. Menimcha, buning sababi – soʻzning maʼnosini bilmaslik.

“Bir baxya qoldi” iborasidagi baxya vaqtni bildiruvchi soʻz emas. U masofani anglatadi.

Baxya fors tilidan olingan, oʻzbek tilida kiyimning toʻgʻri chok bilan bostirilgan qirgʻogʻi va shunday chokning oʻzi maʼnosida ishlatiladi.

Chok hajmi kichkina boʻlgani sababli u kichiklik maʼnosini ifodalovchi iboralarga koʻchgan:

 

Bir baxya – ozgina, bir oz, kichkina.

 

Bir baxya ham suvli yerlar boʻsh qolmacun.

Gʻ. Gʻulom, Koʻkan batrak.

 

Koʻnglim bir baxya koʻtarildi, rahmat.

 

Bir baxya oʻtadi – oshib tushadi, oʻzadi.

 

Mahmadonalikda sen undan bir baxya oʻtasan.

 

Bir baxya qoldi – sal qoldi, oz qoldi.

 

Oʻlishimga bir baxya qoldi.

Hamza, Tanlangan asarlar.

 

Oyogʻim uzilib, jagʻim osilib tushi­shiga bir baxya qoldi.

I. Rahim, Zangori kema kapitani.

 

📌 Demak,

Baxya

Bahiya, bahya ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.