Dukkakli ekinlar: dukkak nima?

0
80
marta koʻrilgan.

Dukkak aslan oʻzbekcha soʻz boʻlib, loviya, mosh kabi oʻsimliklarning donni oʻrab turuvchi ikki pallali poʻchogʻi; qoʻzoq; dukkakdoshlar mevasi maʼnolarini anglatadi:

 

Loviya dukkak chiqaribdi. Mosh dukkaklari.

 

Olti qizning ichida sen polvoni,

Dukkakka sigʻmaydi moshining doni.

“Qoʻshiqlar”.

 

Milliy ensiklopediyaga koʻra, dukkakdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarning mevasi dukkak deyiladi. U bitta urugʻchibargdan hosil boʻladi. Koʻpincha yuqorisidan pastgacha ikkita chok bilan ochiladi (noʻxat, loviya va boshqalar), baʼzi turlarida ochilmaydi (qashqarbeda, sebarga, yeryongʻoq). Yeryongʻoqning dukkagi tuproq ichida yetiladi.

Dukkakda koʻpincha bir nechta urugʻ boʻlib, urugʻbandchalari bilan qorin chokiga birikadi.

Yovvoyi dukkakli oʻsimliklarning dukkagi tez buralib ochiladi va urugʻlari sochilib ketadi.

 

📌 Demak:

Dukkak, dukkakli oʻsimliklar, dukkakdoshlar ✅

Dukak, dukakli oʻsimliklar, dukakdoshlar ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.