Junbishga kelmoq: junbish nima?

0
98
marta koʻrilgan.

Junbish soʻzi forschadan olingan. Asliyatda ijtimoiy hara­kat; harakatlanish, qimirlash maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydi. Junbishga kelmoq yoki junbishga kirmoq iboralari tarkibida qoʻllanadi. Ushbu iboralar quyidagi maʼnolarni bildiradi:

 

1️⃣ Harakatga kelmoq, harakatlanmoq.

 

Bu azamat ish boshlanishi bilan butun vodiy yangi bir junbishga kiradi.

A. Qahhor, Sarob.

 

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: qoʻzgʻalmoq, qaynamoq.

 

Qalbida bir-biriga zid, asov hislar junbishga keldi.

 

📌 Demak:

Junbishga kelmoq, junbishga kirmoq ✅

Junbushga kelmoq, junbushga kirmoq, jumbushga kelmoq, jumbushga kirmoq ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.