Kun soʻzi: xotira

0
594
marta koʻrilgan.

Xotira arab tilidan kirgan, asliyatda fikr, tafakkur; gʻoya; xayol kabi maʼnolarni anglatadi. Oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda qoʻllanadi:

 

1 Esda saqlash, eslab qolish, esga tushirish qobiliyati; es, yod;  xayol.

 

Xotirasi kuchli odam. 

 

Ziyoda tiyrak qora koʻzlari bilan kuldi va shu qiyofada Zargarovning xotirasiga oʻrnashib qoldi. A. Muxtor, Boʻronlarda bor­dek halovat.

 

2 Biror kimsa yoki narsa haqidagi yodda, esda saqlangan taassurot.

 

Sayohat xotira­lari. 

 

U [Mansur] Bogʻishamol nafasini, oʻtmish soʻqmoqlarida qolgan bebaho bola­likning aziz xotiralarini olib kelgan bu yigitga havas bilan qarar edi.

Oʻ. Hoshi­mov, Qalbingga quloq sol.

 

3 Esdalik, yodgorlik.

 

Bu mendan sizga xo­tira.

 

[Chaqa­loq­ning] Otini Shavkat qoʻyaman! Shavkat! Shavkatli kunlarimdan xotira boʻlsin! – derdi [Alimardon].

Oʻ. Hoshimov, Bahor qayt­maydi.

 

Xotira va qadrlash kuni haqida gap ketganda soʻzning yuqorida koʻrsatilgan ikkinchi maʼnosi anglashiladi.

 

@oriftolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.