Lozimanda

0
754
marta koʻrilgan.

Soʻzlashuv tilida lozimanda deyiladigan bu soʻzning asli – lozimomada. Arabcha lozim va forscha omada soʻzlaridan yasalgan, lugʻaviy maʼnosi – qilinishi, bajarilishi kerak boʻlgan (narsa) demakdir. Oʻzbekchada ayollar toʻy, tugʻuruq, mehmondorchilik kabi marosimlarga olib boriladigan biror buyum, kiyim-kechak, pishiriq kabi sovgʻalarni anglatadi:

 

Lozimandani yaxshilab bersangiz, bormasim bormi?

T. Alimov, Sovgʻa.

 

Bu gap hamroh boʻlgan besh ayolga ham maʼqul tushib, dasturxon tuzab, har qaysisi oʻz lozimomadasini gʻamlab joʻnadi.

“Yodgor”.

 

👉 Hozir jonli tilda toʻyma-toʻy, marosimma-marosim yuradigan, ishlatilmaydigan buyumlar, kiyilmaydigan kiyimlarga ham lozimanda soʻzi ishlatilyapti:

 

E, buni hech kim kiymaydi, lozimanda-ku bu!

 

Qanaqa toʻn kerak sizga, oʻgʻlim, kiyishgami yo lozimandagami?

 

Orif Tolib

 

📖 Izohli lugʻatdan foydalanildi.

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.