Momaqaymoq – qoqioʻt

0
184
marta koʻrilgan.

Momaqaymoq – sariq toʻpgulli, shamolda uchib ketadigan toʻzgʻoq urugʻli oʻt. Uning qoqioʻt degan nomi ham bor. Bitta tushunchani ifodalagani uchun qoʻshib yoziladi.

Bolalar momaqaymoqning toʻzgʻoqlarini puflab, uchirib oʻynaydi. Bu oʻsimlik apreldayoq gullaydi. Gulini uzib olsangiz, poyasidan sut yoki qaymoqqa oʻxshash suyuqlik chiqadi. Shu sababli unga momaqaymoq nomi berilgani ehtimoli katta.

Ruschada bu oʻsimlik oduvanchik deyiladi. Mashhur rus lugʻatshunosi V. Dal fikricha, bu soʻz obdut – puflab tozalamoq soʻzidan olingan. Ot qoʻyishda oʻzbeklar oʻsimlik poyasidagi xususiyatga eʼtibor qaratgan boʻlsa, ruslar toʻzgʻogʻining shamolda uchishiga asoslangan ekan.

Toʻzgʻoqdagi urugʻ shamolda uzoq masofalarga ketgani uchun oʻsimliklikdan ancha olis yerlarda unib chiqishi mumkin.

Vikipediya maʼlumotiga koʻra, qoqioʻt yogʻinli havoda va kechqurun gulsavatchasini, yaʼni toʻpgulini berkitib oladi.

Bir maʼlumotni oʻqib hayron qoldim: bu oʻsimlik qadimdan juda koʻp joylarda isteʼmol qilib kelinar ekan. Tibbiyot va kosmetikada qoʻllanishini toʻgʻri tushunsa boʻladi, lekin yeyilishi men uchun yangilik boʻldi.

 

📌  Demak:

Momaqaymoq, qoqioʻt

Momoqaymoq, qoqi oʻt ❌

 

Orif Tolib

Oldingi sahifaUzbek is on ))
Keyingi sahifaTinch okean
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.