Mosuvo

0
675
marta koʻrilgan.

Bu soʻz arabchadan olingan, asliyatda undan boshqa, boʻlak degan maʼnolarni anglatadi. Oʻzbek tilida butunlay mahrum boʻlgan, judo boʻlgan, ayrilgan kabi maʼnolarda ishlatiladi:

 

U hamma narsadan mosuvo.

 

Uydan judo, yerdan mosuvo. M. Ali.

 

Mosuvo boʻlmoq iborasi ayrilmoq, mahrum boʻlmoq maʼnolarini anglatadi:

 

Qayga shoshayotir umri ravoning,

Ne topding va nedan boʻlding mosuvo.

A. Oripov.

 

Mosuvo qilmoq iborasi esa ayirmoq, mahrum qilmoq maʼnosida:

 

Uy-joyingdan mosuvo qilib, ona shahringdan choʻl-biyobonga haydagan boʻlsa!

N. Safarov, Navroʻz.

 

📌 Demak,

Mosuvo

Mosivo ❌

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.