Munojot

0
935
marta koʻrilgan.

Munojot soʻzi arab tilidan kirgan, asliyatda iltijo, maxfiy suhbat maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda ishlatiladi:

 

1️⃣ Islomdagi farz namozlardan tashqari ixtiyoriy ravishda oʻqiladigan namozlar. Har qanday dindorning xudoga ixtiyoriy iltijo va ibodat qilishi ham munojot hisoblanadi:

 

Ayriliqdan tinmayin dod aylayin,

Yolborib, haqqa munojot aylayin.

“Oysuluv”.

 

2️⃣ Sharq mumtoz adabiyotining anʼanaviy unsurlaridan biri. Odatda munojotda najot umidi, iltijo va tavbalar tangriga otashin murojaat shaklida ifodalanadi:

 

Alisher Navoiyning munojotlarini oʻqiyapman.

 

3️⃣ Yirik shakldagi oʻzbek mumtoz cholgʻu kuylari turkumi (uch asosiy qismdan iborat):

 

Domla… muzikaning xumorisi tutar ekan, “Munojot” bilan “Qari navo”ni eshitmagan kunim bamisoli xaltasini yoʻqotgan devonaman, degan ekan.

P. Tursun, Oʻqituvchi.

 

4️⃣ Xotin-qizlar ismi.

 

📌 Demak:

Munojot

Munojat ❌

 

@oriftolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.