“Ohori toʻkildi”: ohor nima?

0
632
marta koʻrilgan.

Ohor soʻzi fors tilidan olingan. Oʻzbek tilida uch xil maʼnoda ishlatiladi:

 

1️⃣ Ip, gazlama yoki kiyim­ga pardoz berish yoki qotirish uchun ishla­tiladigan modda; kraxmal.

2️⃣ Shunday modda bilan yangi narsaga, ki­yimga berilgan ishlov, pardoz.

3️⃣ Koʻchma maʼnoda: obroʻ, hurmat.

 

Ohor soʻzi qatnashgan bir nechta ibora bor:

 

Ohor bermoq – ohorlab pardoz bermoq, krax­mallamoq: chit toʻqilgach, unga ohor beriladi.

Ohori ketgan (yoki toʻkilgan) yoki ohordan tushgan – kiyilgan, tutilgan, eski: ohori ketgan doʻppi.

Ohori toʻkilmagan yoki ohordan tushmagan – 1) yangi, pardozi ketmagan, koʻp ishlatil­ma­gan: ohori toʻkilmagan beqa­sam toʻn, ohordan tushmagan kamar. 2) koʻchma maʼnoda: obroʻsi ketmagan, hurmati saqlangan, baobroʻ; 3) koʻchma maʼnoda: ilgari ishla­til­magan, tutilmagan, yangi: ohori toʻkil­ma­gan gap.

Ohorini toʻkmoq – 1) yangi narsani kiyib, tutib eskirtmoq, pardozdan tu­shir­moq; 2) koʻchma maʼnoda: obroʻsini toʻkmoq, behurmat qilmoq.

 

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, yuqoridagi iboralarda ohor soʻzi baʼzan kraxmal maʼnosini anglatgan boʻlsa, baʼzida bu maʼnodan ancha uzoqlashgan.

 

📌 Demak:

 

Ohor, ohori toʻkildi, ohori ketdi, ohor berdi ✅

Oxor, oxori toʻkildi, oxori ketdi, oxor berdi ❌  

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.