Oʻzlashma soʻzlar: motivatsiya

0
91
marta koʻrilgan.

Motivatsiya soʻzini qoʻllash oxirgi paytlar juda urf boʻldi. Lekin bu soʻz izohli lugʻatga ham, milliy ensiklopediyaga ham, hatto imlo lugʻatlariga ham kiritilmagan.

Motivatsiya lotincha movēre soʻzidan, asliyatda harakatga keltirmoq degan maʼnoni anglatadi. Atama sifatida esa quyidagi maʼnolarga ega:

 

  1. Harakatga xohish uygʻotish.
  2. Insonning xatti-harakatini boshqaruvchi, unga yoʻnalish, tashkilotchilik, faollik va sabot beruvchi ruhiy-fiziologik jarayon.
  3. Odamning oʻz ehtiyojlarini amaliy faoliyat yordamida qondira olish qobiliyati.

 

Modern soʻzlar chiroyli koʻrinadi. Lekin ularni hadeb yoki boʻlar-boʻlmasga qoʻllayverish toʻgʻri emas. Xoʻsh, motivatsiyani oʻzbekchada qaysi soʻzlar bilan ifodalasa boʻladi? Variantlar:

 

  1. Ruhlantirish.
  2. Gʻayratlantirish.
  3. Yuragiga choʻgʻ solish.
  4. Ilhomlantirish.

 

Albatta, bu soʻzlar baʼzi oʻrinlarda aynan motivatsiya soʻzi anglatgan maʼnoni toʻliq qamramasligi mumkin. Lekin juda koʻp holatlarda uning oʻrnini bosa oladi. Takrorlardan qochish, maʼnoni ham, soʻzlarni ham qaytalamaslik, zarur boʻlganda sinonimlarni ishlatish matnning ohorini oshiradi.

 

Motivatsiyani yana qanday soʻz va iboralar bilan ifodalash mumkin? Oʻz variantingizni izohlarda qoldiring.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.