Persona non grata

0
48
marta koʻrilgan.

Ommaviy axborot vositalarida persona non grata atamasiga tez-tez koʻzimiz tushadi. Ayniqsa mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlarning sovuqlashishi bu soʻz koʻp ishlatilishiga olib keladi.

Ushbu ibora lotincha persona non grata soʻzidan olingan, nomatlub shaxs, maʼqul koʻrilmaydigan odam, toʻgʻri kelmaydigan yoki yoqtirilmaydigan kishi degan maʼnoni anglatadi.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, ibora ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Biror davlatga diplomatik vakil etib tayinlanishiga oʻsha davlat hukumati tomonidan rozilik berilmagan yoki ishonchni yoʻqotgan va chaqirib olinishi zarur boʻlgan diplomatik vakil.

Persona non grata deb eʼlon qilish mazkur diplomat, uning oila aʼzosi yoki diplomatik vakillikning boshqa biron xodimi shu mamlakat hududida bundan buyon boʻlishi nomatlub deb topilganini bildiradi. Bunday xodim iloji boricha tezroq chaqirib olinishi kerak. Aks holda, boshqa choralar koʻrilishi mumkin.

 

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: xayrixohlik bilan qaralmaydigan odam.

Soʻzni bu maʼnoda soʻzlashuv tilida yoki badiiy-publitsistik asarlarda oddiy kishiga nisbatan ham ishlatish mumkin.

 

Yuqoridagi taʼriflarga teskari maʼnodagi persona grata atamasi ham bor. Lotincha persona grata atamasi matlub shaxs, maʼqul keladigan kishi maʼnosini beradi.

Hammaga birday yoqish, persona grata boʻlish qiyin. Muhimi, halol, xolis, adolatli, toʻgʻrisoʻz boʻlish va bu kabi sifatlarida nuqsoni bor persona non grataga aylanmaslik.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.