“Pisanda qildi”: pisanda nima?

0
86
marta koʻrilgan.

Pisanda soʻzini koʻpincha kinoya maʼnosida tushunamiz. Aslida-chi? Bu soʻzning asl maʼnosi nima?

 

Izohli lugʻatga koʻra, pisanda fors tilidan kirgan, asliyatda didga toʻgʻri kelgan, maqbul; maqtovga, maʼqullashga sazovor maʼnolarini bildiradi. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

 

1️⃣ Oldindan qoʻyilgan talab, shart.

 

Ularning oʻzaro pisandalariga muvofiq, yangi yerlar, chiqariladigan suvlar Teshaboyga tekin oʻtadi.

M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.

 

2️⃣ Talab yoki shart tarzida aytiladigan bahona.

 

Pisanda qilmoq iborasi ikki xil maʼnoga ega:

 

1️⃣ Oldindan biror talab yoki shart qoʻymoq.

 

Shu asnoda Davronga pasportni uzatarkan, pisanda qildi:

– Endi sizga gap shu, aka: bundan keyin ichgan paytingizda koʻcha-koʻyda sanqib yurmang.

N. Qilichev, Chigʻiriq.

 

2️⃣ Taʼkidlamoq; luqma tashlamoq.

Kori xayr ishi davlatga qaramaydi, ogʻayni, – pisanda qildi mulla Berdiyor, – himmatga qaraydi, himmatga.

“Mushtum”.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.