Qitʼa va materik: farqi nimada?

0
334
marta koʻrilgan.

Qitʼa – Yer yuzidagi quruqliklarning atrofidagi orollar bilan birga shartli ravishda ajratilgan qismlari. Quruqlikning qitʼalarga boʻlinishini materiklarga boʻlinishidan farqlash kerak. Qitʼalarning baʼzilari materiklarga toʻgʻri keladi. Yevropa va Osiyo qitʼalari 1 ta materik, Amerika qitʼasi esa 2 ta materikdan iborat.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, ayrim olimlar Tinch okeanning janubi-gʻarbida joylashgan barcha orollarni – Okeaniyani ham baʼzan 7-qitʼa hisoblaydi.

Gohida Arktikani ham alohida qitʼa deb sanashadi.

 

Qitʼalar

Materiklar

Yevropa

Osiyo

Yevrosiyo

Afrika

Afrika

Amerika

Shimoliy Amerika

Janubiy Amerika

Avstraliya va Okeaniya

Avstraliya

Antarktida

Antarktida

 

Materiklar esa Yer sharining dengiz va okeanlar bilan qurshab olingan eng yirik quruqliklaridir. 6 materik bor: Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Antarktida.

 

Dunyoni qismlarga boʻlish ancha bahsli mavzu. Turli madaniyatlar va anʼanalarga koʻra, bir nechta variantlar bor. Kimdir jahonda 4 ta materik bor desa, kimdir 7 ta materik bor degan fikrda. Masalan, Xitoy, Hindiston, Gʻarbiy Yevropa va ingliz tilli mamlakatlarda 7 ta materik bor deb hisoblashadi.

 

Demak, materiklar – suv bilan oʻralgan katta quruqlik, qitʼalar esa shartli ravishda boʻlingan yirik quruqliklardir.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.